Turkiyaga kelgan sayyohlarning ko‘pchiligi qo‘shni davlatlardan ekani aniqlandi

Turkiyaga 2023 – yili kelgan chet ellik sayyohlar soni 56 million 693 ming 837 nafarni tashkil etdi.

2132618
Turkiyaga kelgan sayyohlarning ko‘pchiligi qo‘shni davlatlardan ekani aniqlandi

Joriy yilning ilk ikki oyida Turkiyaga 4 million 341 ming 606 nafar sayyoh keldi. Ularning eng ko‘pi Eron, Rossiya va Bolgariyadan kelgani aniqlandi.

Madaniyat va turizm vazirligining turizm statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaga 2023 – yili kelgan chet ellik sayyohlar soni 56 million 693 ming 837 nafarni tashkil etdi.

Bu sayyohlarning 49 million 209 ming 180 nafari chet ellik, 7 million 484 ming 657 nafari esa chet elda istiqomat qiluvchi turklardir.

Chegara kirish - chiqish statistikasiga ko‘ra Turkiya 2024 - yilning yanvar oyida 2 million 47 ming 27 nafar, fevral oyida esa 2 million 294 ming 579 nafar chet ellik sayyohga quchoq ochdi.

O‘tgan yilning xuddi shu davrida Turkiyaga 3 million 876 ming 381 nafar chet ellik sayyoh kirgandi.

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar - fevral oylarida Turkiyaga tashrif buyurgan chet elliklar soni o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 12 foizga ortib, 4 million 341 ming 606 nafarga yetdi.

2023 – yili va 2024 - yilning ilk 2 oyida Turkiyaga kelgan sayyohlarning jami soni 61 million 35 ming 443 nafar deb qayd etildi.

Turkiyaga yanvar va fevral oylarida Eron 437 ming 905 nafar sayyoh yuborib, bu borada ro‘yhatning birinchi o‘riniga kiritildi.

Ro‘yhatga Erondan keyin Rossiya bilan Bolgariya kiritildi. Chunki Rossiyadan 433 ming 654 nafar, Bolgariyadan esa 345 ming 301 nafar sayyoh keldi.

Bolgariyadan keyingi ro‘yhatdan Germaniya bilan Gruziya o‘rin oldi.



Aloqador xabarlar