Turkiyaning ilk mahalliy va milliy haydovchisiz metrosi ishga tushirilish arafasida

Turkiyaning ilk mahalliy va milliy haydovchisiz metrosi, Gebze - Darija liniyasida ishga tushirilish arafasida.

2041560
Turkiyaning ilk mahalliy va milliy haydovchisiz metrosi ishga tushirilish arafasida
ilk yerli ve milli surucusuz metro araci1.jpg
ilk yerli ve milli surucusuz metro araci.jpg

Turkiyaning ilk mahalliy va milliy haydovchisiz metrosi, Gebze - Darija liniyasida relslarga o‘rnatildi.

Mamlakatning Ko‘jaeli shahrida 15,4 kilometr uzunlikdagi ikki liniya sifatida qurilgan Gebze OSB (Uyushgan sanoat hududi) - Darija Sohil metro liniyasi uchun maxsus ishlab chiqilgan metro,  tantanali ravishda relslarda tushirildi.

Transport va infratuzilma vazirligi infratuzilma sarmoyalari bosh direktori Yalchin Eyigun, marosimdagi nutqida: “Turkiyaning ilk mahalliy va milliy haydovchisiz metrosini” ishlab chiqarganliklarini qayd etdi.

Mahsulotning ayni paytda eng katta ichki hajmga ega metro vositasi ekanini ta’kidlagan Eyigun, uni 4 ta vositani birlashtirish orqali bir setga aylantirganliklari va bu yerda jami 7 ta set bo‘lishini qayd etdi.

Mahalliy haydovchisiz signalizatsiya tizimini ishlab chiqqanliklariga e’tibor qaratgan Eyigun, ushbu tizimdan ushbu vositada foydalanishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar