“Sabiha Go‘kchen” aeroporti yoʻlovchilari soni jihatidan yana rekord oʻrnatdi

“Sabiha Goʻkchen”da 4-5-6 avgust kunlari 2 ming 91 qatnov orqali jami 389 ming 620 kishi sayohat qildi.

2021415
“Sabiha Go‘kchen” aeroporti yoʻlovchilari soni jihatidan yana rekord oʻrnatdi

Avgust oyining birinchi dam olish kunlarida Istanbulda joylashgan “Sabiha Go‘kchen” aeroporti yoʻlovchilari sonida rekord darajada ortish qayd etildi.

“Sabiha Goʻkchen”da 4-5-6 avgust kunlari 2 ming 91 qatnov orqali jami 389 ming 620 kishi sayohat qildi. Bu raqam, 6-avgust kuni esa 713 ta ichki va xalqaro qatnov orqali 131 ming 52 nafarga yetdi va eng yuqori yoʻlovchi soniga erishish jihatidan rekord oʻrnatildi.

Bundan tashqari, 72 ming 566 yoʻlovchi soni bilan xalqaro qatnovda ham rekord kuzatldi. Bu yoʻlovchilarning 36 ming 830 nafari xorijga chiqqanlardan iborat.

Bu yil yoz mavsumi boshlanishi bilan har hafta yoʻlovchi soni boʻyicha yangi rekordlar oʻrnatgan “Sabiha Goʻkchen” aeroporti, yilning birinchi olti oyida 108 ming 60 qatnov bilan 17 million yoʻlovchini qabul qildi.

“Sabiha Goʻkchen” xalqaro aeroporti 40 ta ichki va 117 ta xalqaro jami 157 ta nuqtaga dunyoning 52 davlatiga xizmat koʻrsatishni davom ettirmoqda.

 



Aloqador xabarlar