Putin “do‘st bo‘lmagan davlatlar” bilan soliq shartnomalaridagi ba’zi bandlarni bekor qildi

Putin tomonidan imzolangan qarornomaga ko‘ra, do‘st bo‘lmagan davlatlar bilan daromad va mol-mulkka qaratilgan ikki tomonli soliqqa tortishni nazarda tutuvchi bandlar bekor qilindi.

2021935
Putin “do‘st bo‘lmagan davlatlar” bilan soliq shartnomalaridagi ba’zi bandlarni bekor qildi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin “do‘st bo‘lmagan davlatlar” deb tasniflangan ba’zi g‘arb davlatlari bilan soliq shartnomalaridagi ba’zi bandlarni bekor qildi.

Putin tomonidan imzolangan qarornomaga ko‘ra, do‘st bo‘lmagan davlatlar bilan daromad va mol-mulkka qaratilgan ikki tomonli soliqqa tortishni nazarda tutuvchi bandlar bekor qilindi.

Ushbu qaror oqibatining iqtisodiyotga bo‘lgan ta’sirini kamaytirish bo‘yicha Rossiya hukumatiga ko‘rsatma berilgan qarornomada, Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ham tegishli mamlakatlarga vaziyat haqida kerakli ma’lumotlarni berish vazifasi yuklandi.

G‘arb davlatlari Ukraina urushi tufayli Rossiyaga qarshi keng ko‘lamli sanksiyalar kiritar ekan, Rossiya ham shu yo‘l orqali ularga qarshi chora ko‘rmoqda.



Aloqador xabarlar