Istanbul aeroporti kunlik reyslar va yo'lovchilar soni bo'yicha rekord o'rnatdi

2023-yil 20-aprel, payshanba kuni Ramazon hayiti arafasida jami 1460 ta reys amalga oshirildi, Istanbul aeroportidan 216 995 kishi sayohat qildi.

1978774
Istanbul aeroporti kunlik reyslar va yo'lovchilar soni bo'yicha rekord o'rnatdi

 

Istanbul aeroporti kunlik reyslar va yo'lovchilar soni bo'yicha rekord o'rnatdi.

Istanbul aeroporti operatori IGA tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, oxirgi marta 19 aprel chorshanba kuni 1460 reys bilan 208 ming 66 yo'lovchiga xizmat ko'rsatgan Istanbul aeroporti kecha amalga oshirilgan 1548 reys bilan jami 224 ming 709 yo'lovchiga yetdi.

2023-yil 20-aprel, payshanba kuni Ramazon hayiti arafasida jami 1460 ta reys amalga oshirildi, Istanbul aeroportidan 216 995 kishi sayohat qildi.

Ramazon hayitining birinchi kunida jami 1390 ta reysga mezbonlik qilgan aeroportdan 201 47 kishi foydalangan.

Bayramning ikkinchi kunida 1424 reys bilan 217 ming 859 yo'lovchini qabul qilgan Istanbul aeroporti, 23 aprel yakshanba kuni 1548 reys bilan 224 ming 709 yo'lovchiga xizmat ko'rsatdi.

Kecha aniqlangan bu raqamlar bilan Istanbul aeroporti ochilganidan beri eng ko'p kunlik reyslar va yo'lovchilar soniga erishdi.

Shunga ko'ra, 20 apreldan 23 aprelgacha jami 5822 reys amalga oshirildi, Istanbul aeroportidan jami 880 ming 610 yo'lovchi sayohat qildi.


Tanlangan kalimalar: #rekord , #kunlik reysla , #Istanbul aeroporti

Aloqador xabarlar