Turk avtomobil sanoati ishlab chiqarish va eksportini oshirdi

Avtomobil sanoati uyushmasi, 2023-yilning yanvar va fevral oylariga oid ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

1962490
Turk avtomobil sanoati ishlab chiqarish va eksportini oshirdi

Turk avtomobil sanoati yilning dastlabki 2 oyida ishlab chiqarish va eksportini oshirdi.

Avtomobil sanoati uyushmasi, 2023-yilning yanvar va fevral oylariga oid ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Shunga ko‘ra, yilning birinchi 2 oyida jami avtomobil ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foiz ortib, 223 ming 796 donaga yetdi. Avtomobil ishlab chiqarish esa 23 foiz ortib, 134 ming 474 donaga yetdi.

Yilning dastlabki 2 oyida tijoriy avtomobil ishlab chiqarish esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga oshdi.

Ushbu davrda avtomobil eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan birlik bazda 8 foiz ortib, 158 ming 145 donani tashkil etdi. Bu davrda avtomobil eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foiz o‘sar ekan, tijoriy transport eksporti esa parallel darajada edi.

Turkiya Eksportchilar majlisi ma’lumotlariga ko‘ra, jami avtomobil sanoati eksporti 2023-yilning birinchi ikki oyida 12,2 foiz ulush bilan tarmoq eksportida birinchi o‘rinni egalladi.

 

 



Aloqador xabarlar