Saudiya Arabiston va Turkiya o’rtasida 5 milliard dollar depozit qo‘yish kelishuvi imzolandi

Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamg‘armasi Turkiya Respublikasi Markaziy bankiga (TRMB) 5 milliard dollar depozit qo‘yish bo‘yicha kelishuv imzolanganini ma’lum qildi.

1955597

Saudiya Arabistoni Taraqqiyot Jamg'armasining bayonotida, Qirol Salmon bin Abdulaziz Al-Saud va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Al-Saudning qarori bilan Turkiya va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun muhim qaror qabul qilinganligi ta'kidlandi.

Bayonotda Saudiya Arabistoni Turizm vaziri va Saudiya Arabistoni Taraqqiyot Jamg'armasi Direktorlar Kengashi Raisi Ahmad Al Xatib va ​​TRMB raisi Shahap Kavjio’g'lu o'rtasida depozit qo'yish bo'yicha kelishuv imzolangani ma'lum qilindi.

Bayonotda, “Saudiya Arabiston Qirolligi bu kelishuv bilan Turk xalqini kuchli qo’llab-quvvatlashini va Turk iqtisodiyotining kelajagiga ishonchini bildiradi”.

Aloqador xabarlar