Turkiya Bolgariya orqali Yevropaning gaz ehtiyojini qoplaydi

Turkiya Energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Donmez Bolgariya orqali Yevropaning boshqa davlatlariga gaz yetkazib berilishini istisno etmaydi.

1931135

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Bolgariyaga yiliga 1,5 milliard kubometr gaz yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan 13 yillik shartnomaga izoh bergan Donmez, Turkiyaning “Botash” va “Bulgargaz” kompaniyalari o‘rtasida ikki davlat prezidentlarining Istanbuldagi uchrashuvidan atigi uch hafta o‘tib kelishuvga erishilganini qayd etdi.

“Turkiya Bolgariyaning energiya xavfsizligiga hissa qo‘shmoqda. Umuman olganda, shartnoma taxminan 20 milliard kubometr gazni tashkil etadi. Agar zarur shart-sharoitlar yaratilsa, Turkiya Bolgariya orqali gaz savdosini yo‘lga qo‘ya oladi, ya’ni uchinchi davlatlarning gaz ehtiyojini qoplaydi”, deb qo‘shimcha qildi vazir Donmez.

Tanlangan kalimalar: #Bolgariya , #Turkiya

Aloqador xabarlar