Türkiye o‘tgan yili Germaniyaga bo‘lgan eksportida rekord o‘rnatdi

Germaniyaga o‘tgan yili eng ko‘p avtomobil sanoati sohasida eksport yo‘lga qo‘yilib, undan 4 milliard 390 million dollarlik daromad olindi.

1929533
Türkiye o‘tgan yili Germaniyaga bo‘lgan eksportida rekord o‘rnatdi

Türkiyening Germaniyaga yo‘lga qo‘ygan eksporti o‘tgan yili 18 milliard 910 million dollar bilan rekord o‘rnatdi.

Germaniyaga o‘tgan yili eng ko‘p avtomobil sanoati sohasida eksport yo‘lga qo‘yilib, undan 4 milliard 390 million dollarlik daromad olindi.

Avtomobil sanoatidan keyin eng ko‘p tayyor kiyim-kechak, temir va temirdan boshqa metallar, elektr va elektronika, kimyoviy modda va mahsulotlari ekport qildi. Kiyim-kechakdan 3 milliard 635 million dollar, temir va temirdan boshqa metallardan 2 milliard 11 million dollar, elektr va elektronikadan 1 milliard 362 million dollar, kimyoviy modda va mahsulotlardan 1 milliard 309 million dollar daromad oldi.

Germaniyaga eng ko‘p temir va temir bo‘lmagan metallar sotilar ekan undan 414 ming 677 ming dollar daromad olindi.

Undan so‘ng Germaniyaga eng ko‘p avtomobil sanoati (224 million 723 ming dollar), tayyor kiyim – kechak (172 million 136 ming dollar), po‘lat sanoati (140 million 873 ming dollar), kimyoviy modda va mahsulotlari (88 million 788 ming dollar) eksport qilindi.

Po‘lat sanoati Germaniyaga o‘tgan yili 903 million 517 ming dollarlik eksport yo‘lga qo‘ygandi.


Tanlangan kalimalar: #Türkiye , #Germaniya , #rekord , #eksport

Aloqador xabarlar