"Turkiya oqimi" yuz foizlik quvvat bilan ishlamoqda

"Turkiya oqimi" gaz quvuri yuz foizlik quvvat bilan ishlamoqda, deya ma’lum qildi Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Fatix Do'nmez.

1918836
"Turkiya oqimi" yuz foizlik quvvat bilan ishlamoqda

 

"Turkiya oqimi" gaz quvuri yuz foizlik quvvat bilan ishlamoqda, deya ma’lum qildi Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Fatix Do'nmez.

"Turkiya oqimi" hozir Rossiya gazini Yevropa bozoriga uzluksiz yetkazib berayotgan yagona yo‘nalish hisoblanadi. Ushbu gaz tarmog‘i Rossiyadan Qora dengiz orqali Turkiyaga yetkazib berilmoqda. Uning yillik quvvati 31,5 milliard kubometrni tashkil etadi. Gaz Turkiya orqali Janubiy va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlariga yetkazilmoqda.

"Turkiya oqimi" gaz quvuri yuz foizlik quvvat bilan ishlamoqda", - deya keltiradi Do'nmezning so‘zlarini Sabah gazetasi.

Oktyabr oyida Turkiya Prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin Anqara bilan Moskva gaz quvuri xavfsizligini ta’minlash masalasi bo‘yicha har doim aloqada bo‘lib turibdi, deb bayonot bergan edi. 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Turk oqim

Aloqador xabarlar