Xitoy va Rossiya gaz uchun to‘lovlarni rubl va yuanga o‘tkazdi

Bu haqda kecha18 noyabr kuni Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Rossiya-Xitoy hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

1908114
Xitoy va Rossiya gaz uchun to‘lovlarni rubl va yuanga o‘tkazdi

 

Rossiya va Xitoy energiya ta’minoti uchun milliy valyutalarda hisob-kitoblarga o‘tmoqda.

Rossiya gazi uchun to‘lovlar allaqachon rubl va yuanda paritet (tenglik) asosida amalga oshirilmoqda.

Bu haqda kecha18 noyabr kuni Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak Rossiya-Xitoy hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.  

“Biz yetkazib berilayotgan energiya resurslari, amalga oshirilayotgan o‘zaro hisob-kitoblar, jumladan, Xitoydan uskunalar yetkazib berish bo‘yicha milliy valyutalarda – rubl va yuanda hisob-kitoblarga o‘tmoqdamiz. Misol tariqasida, bugungi kunda “Gazprom” va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida gaz yetkazib berish paritet asosida rubl va yuanda amalga oshirilmoqda”, deydi u.  

Uning so'zlariga ko'ra, neft, gaz, ko‘mir va elektroenergetika tarmoqlarini o‘z ichiga olgan energetika sohasidagi savdo hajmi joriy yilda pul ifodasida 64 foizga, jismoniy jihatdan esa 10 foizga oshdi.

Bosh vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish uchun to‘lovlar ham Rossiya va Xitoy milliy valyutalariga faol konvertatsiya qilinmoqda.  

Novak, shuningdek, Rossiyaning “Gazprom” energetika kompaniyasi va Xitoy o‘rtasida tabiiy gaz yetkazib berish uchun to‘lovlar allaqachon rubl va yuanda amalga oshirilayotganini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Rossiya

Aloqador xabarlar