Turkiya joriy yilda 100 davlatga 4094 tonna choy eksport qildi

Turkiya joriy yilning 7 oyida 4 ming 94 tonnalik choy eksportidan 13 million 173 ming 736 dollar daromad oldi.

1865555
Turkiya joriy yilda 100 davlatga 4094 tonna choy eksport qildi

 

Turkiyadan choy eksporti yanvar-iyul davrida 18 foiz ortib 13 million 173 ming 736 dollarga yetdi.

Sharqiy Qora dengiz Eksportchilar Uyushmasi (DKİB) boshqaruv raisi o'rinbosari Ahmet Hamdi Gurdo'g'an, Turkiya joriy yilning 7 oyida 100 davlatga choy eksport qilganini aytdi.

Uning ta'kidlashicha, 4 ming 94 tonnalik choy eksportidan 13 million 173 ming 736 dollar daromad olingan.

O'tgan yilning shu davrida 2820 tonna choy eksport qilingan bo'lsa, undan tushgan daromad 11 million 151 ming 971 dollarni tashkil qilgan.

"Choy eksporti o'tgan yilning shu davriga nisbatan miqdor jihatdan 45 foiz, qiymat jihatidan 18 foiz o'sdi. Belgiya, Buyuk Britaniya va Germaniya eng ko'p choy eksport qilingan davlatlar bo'ldi. Belgiyaga 3 million 206 ming 206, Buyuk Britaniyaga 1 million 704 ming 697, Germaniyaga esa 1 million 622 ming 582 dollarlik choy sotilgan", dedi u.

Eksportning ortishi bilan bir qatorda, mamlakatlar xilma-xilligi ham ortganini qayd etgan Gurdo'g'an, joriy yilda Vengriya, Kamerun va Estoniyaga ham choy eksport qilinganiga diqqat qaratdi.


Tanlangan kalimalar: #choy eksporti , #Turkiya

Aloqador xabarlar