May oyida Turkiyaning eksport tarmogʻi rekord oʻrnatdi
Turkiya eksportdagi kuchli koʻrsatkichini bu yilning ilk 5 oyida ham davom ettirdi.
Savdo vaziri Mehmet Mush, barcha davrlarning eng yuqori may oyi eksporti qayd etilganini ma’lum qildi.
Mehmet Mush, may oyi tashqi savdo raqamlari bilan bogʻliq uyushtirgan matbuot anjumanida Turkiyaning eksportda 2021-yili katta muvaffaqiyatga erishganiga e’tibor qaratdi.
Turkiyaning joriy yilning ilk besh oyida ham eksportdagi kuchli koʻrsatkichini davom ettirganini ifoda etgan Mush,
“Bu yilgi may oyida eksportimiz oʻtgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 15,2 foizga oʻsish orqali 19 milliard dollarga yetdi. Bu, barcha davrlarning eng yuqori may oyi eksportidir. Bu 2022-yilning ilk 5 oyida eng yuqori oylik eksport qiymatlariga erishish orqali ilk 5 oyda rekordlar oʻrnatgan boʻldik”.-deya gapirdi.
Aloqador xabarlar
Turkiyaga kelgan sayyohlarning ko‘pchiligi qo‘shni davlatlardan ekani aniqlandi
Turkiyaga 2023 – yili kelgan chet ellik sayyohlar soni 56 million 693 ming 837 nafarni tashkil etdi.