Gazprom Bolgariya va Polshaga tabiiy gaz yetkazib berishni to'xtatdi

Bunga ushbu kompaniyalar rus gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirmagani sabab bo‘ldi.

1818959
Gazprom Bolgariya va Polshaga tabiiy gaz yetkazib berishni to'xtatdi

 

Rossiya energiya kompaniyasi Gazprom Bolgariya va Polshaga rubl to'lov tizimiga to'g'ri kelmagani uchun tabiiy gaz yetkazishni butunlay to'xtatganini ma'lum qildi.

“26 apreldagi ish kuni yakuniga ko‘ra, “Gazprom Eksport” Rossiya Federatsiyasi Prezidentining farmoniga muvofiq, “Bulgargaz” (Bolgariya) va PGNiG (Polsha) kompaniyalaridan aprel oyida gaz yetkazib berish uchun to‘lovlarni rublda olmagan”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin joriy yilning 31 mart kuni “do‘st bo‘lmagan” davlatlarga Rossiya gazini rublda to‘lash to‘g‘risidagi tegishli farmonni imzolagan edi.

“Agar toʻlov rublda amalga oshirilmasa, Rossiya gazi boʻyicha shartnomalar toʻxtatiladi”, -degandi Putin. 

Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni buzmagan holda rus gazi uchun rublda to‘lov qilishga ruxsat berilgandi.

Gazprom bugun Bolgariya va Polshaga tabiiy gaz yetkazib berishni butunlay to‘xtatganini e’lon qildi, chunki ular rubl to‘lov tizimiga mos kelmaydi.


Tanlangan kalimalar: #Polsha , #Bolgariya , #Gazprom

Aloqador xabarlar