Turk Qizil yarim oy jamiyati afg‘onistonlik 332 oialaga yordam berdi

Turk Qizil yarim oy jamiyati Afg‘onistonga yordam berishni davom ettirmoqda.

1791101
Turk Qizil yarim oy jamiyati afg‘onistonlik 332 oialaga yordam berdi

Turk Qizil yarim oy jamiyatining Afg‘oniston hay’ati, Afg‘onistonning Maydon vardak viloyatida yordamga muhtoj 332 oialaga oziq-ovqat jihatidan yordam berdi.

Hay’at rahbari Ferit Ahmet Ziya, mamlakatda yordam faoliyatlari davom etayotganini bildirdi.

Shu doirada, “Human Appeal” nomidagi gumanitar yordam tashkilotining ko‘magi va Afg‘oniston Qizil yarim oy jamiyati koordinatsiyasida Maydon vardak viloyatining Behsud tumanida yashagan yordamga muhtoj 332 oilaga eng asosiy ehtiyoj hisoblangan oziq-ovqat jihatidan yordam tarqatilganligini ifoda etgan Ziya, yordam qutilarida un, suyuq yog‘, choy, loviya, shakar, pechene va guruch borligini qayd etdi.

Ziyo, Turk Qizil yarim oy jamiyati sifatida har qanday sharoitda Afg‘oniston xalqining yonida bo‘lishni davom etishlarini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar