Turk Qizil yarim oy jamiyati Ukrainaga gumanitar yordam ashyosi yubordi

Turk Qizil yarim oy jamiyati Rossiyaning harbiy harakati ortidan tinch aholi uchun gumanitar yordam so‘ragan Ukraina uchun chora ko‘rmoqda.

1785730
Turk Qizil yarim oy jamiyati Ukrainaga gumanitar yordam ashyosi yubordi

Rossiya tomonidan harbiy harakat boshlatilgan Ukrainaga yordam berish maqsadida Turk Qizil yarim oy jamiyati 5 ta yuk tashuvchi mashina orqali yordam konvoyinnig birinchisini yo‘lga chiqardi.

Turk Qizil yarim oy jamiyati Rossiyaning harbiy harakati ortidan tinch aholi uchun gumanitar yordam so‘ragan Ukraina uchun kerakli choralarni ko‘ra boshladi.

Ukraina hukumati bilan bo‘lgan maslahatlashuvlar natijasida 5 ta yuk tashuvchi mashinada 210 kvadrat metrlik umumiy maqsadli chodir, oilalar uchun tabiiy ofat chodirlari, katta-kichik ko‘rpa-to‘shaklar, uyqu qopchalari va gigiena vositalari ham da ko‘chma oshxona Qiziloyning Istanbuldagi markazidan yo‘lga chiqdi.   

Yordam konvoyi Bolgariya va Ruminiya orqali o‘tib, chegara darvozasi orqali mintaqaga yetib boradi.

Turk Qizil yarim oy jamiyatining Ukrainaga yordamlari davom etadi.

 



Aloqador xabarlar