Turkiya o'tgan yili 1 mln 963 ming tonna tsitrus meva eksport qildi
Turkiyada tsitrus mevalar eksporti 2021-yilda 934 million 891 ming dollarlik daromad oqimi bilan mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo'shdi.
Turkiyada tsitrus mevalar eksporti 2021-yilda 934 million 891 ming dollarlik daromad oqimi bilan mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo'shdi.
O‘rta yer dengizi eksportchilar uyushmalari ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda 1 million 801 ming tonna tsitrus meva mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 1 million 963 ming tonnaga yetdi.
Tsitrus mevalarda 2021 yilda eksport nafaqat miqdor, balki dollar hisobida ham oshdi.
2020-yilda 932 million 803 ming dollar boʻlgan tsitrus eksporti 2021-yilda 934 million 891 ming dollarga yetdi.
Eng ko'p eksport qilingan tsitrus mahsuloti mandarin bo'ldi. Undan keyin navbati bilan limon, apelsin va greyfurt keldi.
Aloqador xabarlar
Turkiyaga kelgan sayyohlarning ko‘pchiligi qo‘shni davlatlardan ekani aniqlandi
Turkiyaga 2023 – yili kelgan chet ellik sayyohlar soni 56 million 693 ming 837 nafarni tashkil etdi.