Turk Havo Yo'llari Yevropa bo'yicha ikkinchi aviakompaniya bo'ldi

19-25 iyul kunlari Yevropa Havo Navigatsiyasi Xavfsizligi Tashkilotining (EUROCONTROL) havo harakati ma'lumotlariga ko'ra, Yevropa havo qatnovining o'sishi davom etmoqda. Ushbu sanalar davomida Yevropada 166 ming 538 reys amalga oshirildi

1681636
Turk Havo Yo'llari Yevropa bo'yicha ikkinchi aviakompaniya bo'ldi

 

Turk Havo Yo'llari (THY), Yevropada har kuni 1323 ta reys bilan ikkinchi aviakompaniya bo'ldi.

19-25 iyul kunlari Yevropa Havo Navigatsiyasi Xavfsizligi Tashkilotining (EUROCONTROL) havo harakati ma'lumotlariga ko'ra, Yevropa havo qatnovining o'sishi davom etmoqda. Ushbu sanalar davomida Yevropada 166 ming 538 reys amalga oshirildi.

Cheklovlar olib tashlanganidan so'ng, Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasi har kuni 2191 ta reys bilan Yevropaning eng ko'p uchadigan aviakompaniyasi bo'ldi.

THY kunlik 1323 reys bilan ikkinchi, Easyjet esa 1022 reys bilan uchinchi o'rinni egalladi.

Pegasus Airlines, shuningdek, Yevropada eng ko'p uchadigan aviakompaniyalar ro'yxatida 8 -o'rinni egalladi. Pegasusning kundalik reyslari soni 526 deb e'lon qilindi.

 



Aloqador xabarlar