Turk IHAlarini tanlagan Albaniya hukumati qarori tasdiqlandi

Albaniya parlamenti Turk IHAlarini tanlagan Albaniya hukumati qarorini tasdiqladi.

1668419
Turk IHAlarini tanlagan Albaniya hukumati qarori tasdiqlandi

Albaniya parlamenti hukumatning Turkiyadan Uchuvchisiz Havo transportlarini (IHA) xarid qilib olishda foydalanish maqsadida qabul qilgan byudjet haqidagi qarorini tasdiqladi.

Sakkiz million yevrodan ortiq qoʻshimcha byudjetni tasdiqlash uchun 82 nafar deputat ijobiy, 9 nafar deputat esa salbiy tusda ovoz berar ekan 4 nafar deputat qarorsiz qoldi.

Ushbu qarorni Albaniya hukumati 22-iyun tasdiqlagan ve qaror Rasmiy gazetada chop etilgan.

Bosh vazir Edi Rama oʻtgan oyda ba’zi kabina a’zolari bilan Turkiyaga rasmiy tashrif uyushtirgandi. Turk shirkatlari bilan uyushtirgan uchrashuvlarida Uchuvchisiz havo transportlari orqali mamlakat tuproqlarini nazorat qilish tizimi haqida gaplashganliklarini qayd etgan.

Rama Uchuvchisiz havo transportlari orqali yoʻllar, qishloq xoʻjaligi yerlari, oʻrmonlar va jamoat tartibi toʻgʻrisida real vaqtda ma’lumotlarni ishlab chiqarishni maqsad qilganliklarini ham ifoda etgan.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar