Turkiya dengiz portlari orqali 139 mln tonna yuk eksport qildi

Turkiya to'g'ridan-to'g'ri investitsiya kiritish uchun qulay mamlakat. Turkiya oxirgi yillarda avtomobil, temir yo'l, havo va dengiz transporti sohasida yirik loyihalarni amalga oshirdi.

1611239
Turkiya dengiz portlari orqali 139 mln tonna yuk eksport qildi

 

So'nggi yillarda Turkiya avtomobil, temir yo'l, havo va dengiz transportiga katta e'tibor qaratdi va yirik loyihalarni amalga oshirdi. Natijada esa yuk tashish tizimi va tashqi savdo yuqori o’sish ko’rsatgichlariga erishdi.

So'nggi 18 yil ichida transport sohasini rivojlantirishga qariyb 930 milliard lira sarmoya kiritildi. Uning 62 foizi esa yo'l qurilishiga sarflandi. 18 yil ichida aylanma yo'llarning uzunligi 6100 kilometrdan 28195 kilometrgacha, magistral yo'llarning uzunligi esa 1714 kilometrdan 3523 kilometrgacha uzaytirildi.

 

Turkiyada aeroportlar yiliga 317,85 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatishi mumkin

Sharq va G'arb o’rtasida ko’prik vazifasini o’tagan Turkiya havo transporti sohasini rivojlantirishga katta sarmoya kiritgan. Masalan, dunyodagi eng yirik aeroportlardan biri bo’lmish - Istanbul aeroporti foydalanishga topshirildi. Ayni paytda Turkiyada 56 ta aeroport mavjud bo’lib, ular yiliga o'rtacha 317,85 million yo'lovchiga xizmat ko'rsatish imkoniyatiga ega.

 

Temir yo'li loyihalari

Turkiya so'nggi yillarda qator temir yo'l loyihalarini amalga oshirdi. Bolgariya, Ruminiya, Vengriya, Polsha, Avstriya, Slovakiya, Chexiya va Germaniyaga muntazam yuk poyezdlari qatnovi yo’lga qo’yilgan. Boku-Tbilisi-Kars temir yo'l transporti Gruziya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Turkmaniston, O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikistonga, shuningdek Rossiya va Xitoyga tovar eksport qiladi. Yaqin Sharqqa yuk poyezdlari Vandagi Kapiko’y chegara punkti orqali o'tadi. Hozirda Pokiston va Afg'onistonga poyezd yo'nalishlarini yo’lga qo’yish bo'yicha amaliy choralar ko’rilmoqda.

 

O'tgan yili dengiz portlari orqali 139 million tonna yuk eksport qilindi

Uch tomondan dengiz bilan o'ralgan Turkiyaning dengiz portlari tranzit va eksport salohiyati jihatidan muhim rol o'ynaydi. Masalan, Qora dengiz sohilidagi barcha mamlakatlar jahon bozoriga chiqish imkoniyatiga ega.

Mamlakat bo'ylab 182 ta sertifikatlangan port mavjud. Ularning barchasi tijorat transportlariga xizmat ko'rsatadi. O'tgan yili portlar orqali 486 million 702 ming 168 tonna yuk tashildi. Ularning 138 million 702 ming 168 tonnasi eksport qilindi.

 

To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni kengaytirish rejalashtirilgan

Anqara savdo palatasi prezidenti Nurettin O'zdebir Turkiya to'g'ridan-to'g'ri sarmoya kiritish uchun eng qulay mamlakat ekanligini aytdi. Chunki, Turkiya orqali Fors ko'rfazi va Shimoliy Afrika davlatlariga to'g'ridan-to'g'ri kirish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari, endilikda Turkiya Markaziy Osiyoni va  Xitoyni bog’lab turuvchi “Ipak temir yo'li”ga ham ega.


Tanlangan kalimalar: #investitsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar