Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bilan Gazprom shirkati o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Gazprom shirkati boshqaruvchilaridan Aleksandr Dyukov tomonidan imzolangan shartnoma asosida shirkat global energiya bozorida yana ham faol ro’l o’ynaydi.

488150
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bilan Gazprom shirkati o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bilan neft shirkati Gazprom o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Interfax xabar agentligi ma’lum qilishicha, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Gazprom shirkati boshqaruvchilaridan Aleksandr Dyukov tomonidan imzolangan shartnoma asosida shirkat global energiya bozorida yana ham faol ro’l o’ynaydi.

Sergey Lavrov: “Rus shirkatlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boryabmiz. Shartnoma imzolagan holda hamkorligimizga huquqiy zamin yaratdik”,-dedi.

Dyukovning aytishicha, bu shartnoma Gazprom shirkati jihatidan juda muhim.

 Dyukov: “Xalqaro shirkat sifatida global bozorlardagi faolligimizni yana ham oshirmoqchimiz. Yaqin sharq, Lotin Amerika, O’rta Osiyo va Yevropadagi faoliyatlarimizni rivojlantirib, bu mintaqalardagi tijorat hajmimizni oshirishni maqsad qilyabmiz”,-dedi.

Shartnoma asosida ba’zi strategik maqsadlarga yana ham osonlikcha erishish mumkinligini tilga olgan Dyukov, xalqaro bozorlarda yana ham faol ro’l o’ynashni nazarda tutganini ma’lum qildi.

Rossiyaning eng katta neft ishlab chiqaruvchi shirkatlaridan biri bo’lgan Gazprom 50 davlatga neft va neft mahsulotlarini eksport qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Gazprom , #neft , #shirkat , #shartnoma

Aloqador xabarlar