Isroil G'azodagi bolalar maydonchasini portlatdi

Portlash oqibatida 10 kishi hayotdan ko'z yumdi. Ularning aksariyati bolalar va ayollar.

2128579
Isroil G'azodagi bolalar maydonchasini portlatdi

 

G'azo sektorining markazida joylashgan "Megazi" qochqinlar lageridagi bolalar o'yin maydonchasiga Isroil harbiy samolyotlari tomonidan bomba tashlandi.

Portlash oqibatida 10 kishi hayotdan ko'z yumdi. Ularning aksariyati bolalar va ayollar.

Guvohlarning aytishicha, Isroil harbiy samolyotlari "Megazi" qochqinlar lageridagi o'yin maydonchasini nishonga olgan.

Hujumga uchragan tinch aholining ko'pchiligi bolalar bo'lib, bolalar o'yin maydonchasida o'yinchoqlar bilan ko'ngilxushlik qilayotgan paytda Isroil harbiy samolyotlarining nishoniga aylangan.

Qurbonlarning jasadlari Deyr al-Belahdagi Aksa shahidlari kasalxonasiga olib ketilgan.

Isroilning G'azo sektoriga 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlarida 33 ming 843 nafar falastinlik halok bo'ldi, ulardan 14 ming 500 nafari bola, 9 ming 560 nafari ayol bo'lib hisoblanadi. Hujumlarda 76 ming 575 kishi yaralangan.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #G'azo

Aloqador xabarlar