Peskov: G‘arb davlatlarining Rossiya aktivlariga qarshi har qanday hamlasiga javob qaytaramiz

Dmitriy Peskov, G‘arb davlatlari rus aktivlaridan qo‘lga kiritgan daromadlardan foydalangudek bo‘lsa unda bunga qarshi farqli yo‘llardan javob qaytarilishini bildirdi.

2118741
Peskov: G‘arb davlatlarining Rossiya aktivlariga qarshi har qanday hamlasiga javob qaytaramiz

Rossiya Davlat rahbari Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov, “G‘arb davlatlarining Rossiya aktivlariga qarshi har qanday hamlasiga javob qaytaramiz”, - dedi.

Dmitriy Peskov, G‘arb davlatlari rus aktivlaridan qo‘lga kiritgan daromadlardan foydalangudek bo‘lsa unda bunga qarshi farqli yo‘llardan javob qaytarilishini bildirdi.

Peskov poytaxt Moskvada jurnalistlarga bergan bayonotida, Yevropa ittifoqining Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan daromadlarni Ukraina uchun ishlatish tashabbuslarini baholadi.

Rossiyaning bu qadamlariga javob qaytarishini bildirgan Peskov, “Har qanday qonuniy mexanizmlarni, hozirda mavjud boʻlganlardan tashqari kelajakda paydo boʻladigan yangi mexanizmlarni ham qoʻllaymiz”, -  dedi.

Matbuot kotibi Peskov, Gʻarb davlatlariga qaytariluvchi javobning toʻgʻridan - toʻgʻri oʻzaro munosabat tarzida boʻlmasligiga e’tibor qaratib, “Oʻz manfaatlarimizga munosib yoʻllarni tanlaymiz”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar