Lavrov: G‘arb xalqaro huquq o‘rniga o‘z qoidalarini o‘rnatishga urinmoqda

Sergey Lavrov Braziliyaning Rio – de - Janeyro shahrida G - 20 tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida uyushtirilgan yigʻilishda nutq soʻzladi.

2106192
Lavrov: G‘arb xalqaro huquq o‘rniga o‘z qoidalarini o‘rnatishga urinmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qayd etishicha, G‘arb xalqaro huquq o‘rniga o‘z qoidalarini o‘rnatishga urinmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotiga ko‘ra Sergey Lavrov Braziliyaning Rio – de - Janeyro shahrida G - 20 tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida uyushtirilgan yigʻilishda nutq soʻzladi.

Gʻarb provokatsiyasi tufayli xalqaro aloqa asoslari buzilganini ta’kidlagan Lavrov:

“Davlatlarning suveren tengligi, ularning ichki ishlariga aralashmaslik va xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi doxil umumjahon huquqiy me’yorlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ustavi tamoyillari buzilmoqda”. – deya gapirdi.

G‘arbning xalqaro huquq o‘rniga o‘z qoidalarini o‘rnatishga urinayotganini ifoda etgan Sergey Lavrov:

“Bu siyosatdan maqsad mustamlakachilik, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda hukmronlik qilish istagi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Lavrov, NATOning Rossiya chegaralariga yaqinlashmaslikka va’da bergani ammo kengayish siyosatini davom ettirayotganini bildirib:

“Energiya va oziq - ovqat ta’minoti zanjirlari buzilmoqda. Bu esa ochlik, qashshoqlik va tengsizlikni kuchaytirmoqda. Bundan tashqari G‘azodagi fojia ko‘lami ataylab kichikdek ko‘rsatilmoqda. Bu yerda bolalar va ayollar doxil halok bo‘lgan tinch aholi soni Ukraina poytaxti Kiyevdagi to‘ntarishdan keyin Donbasda 10 yil ichida har ikki tomondan ham o‘ldirilgan insonlar sonidan ham ko‘p”, - dedi.

Shuningdek, G – 20 yig‘ilishida global xavfsizlikka xavf tug‘dirgan va to‘plangan muammolarni hal qilish yo‘llari topilishiga ishonmasligini ham ifoda etgan Lavrov, iqtisodiy va savdo sohalaridagi hamkorlikda “ochiq” va “teng” bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Sergey Lavrov , #G-20

Aloqador xabarlar