Guterrish Falastinni qo‘llab - quvvatlagan namoyishlar haqidagi savolga javob berdi

Guterrish, BMTning Nyu - Yorkdagi binosida matbuot vakillarining savollariga javob berdi.

2134093
Guterrish Falastinni qo‘llab - quvvatlagan namoyishlar haqidagi savolga javob berdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Amerika Qo‘shma Shtatlarida (AQSh) Falastinni qo‘llab - quvvatlash maqsadida uyushtirilgan namoyishlar haqida:

“Universitetlar vaziyatni oqilona hal qilishlari kerak”. – dedi.

Guterrish, BMTning Nyu - Yorkdagi binosida matbuot vakillarining savollariga javob berdi.

AQShdagi universitetlarda Falastinni qo‘llab – quvvatlash maqsadida uyushtirilgan namoyishlarga politsiyaning monelik qilishlari haqidagi savolga Guterrish:

“Soʻz erkinligi va tinchgina namoyishlar oʻtkazish huquqini kafolatlash muhim”. – deb javob berdi.

Guterrish, bunga qo‘shimcha ravishda, nafrat so‘zlarining qabul qilinishi imkonsiz ekanini ta’kidladi.

Shaxsining davlat ishlarida tajribali ekanini ham yodga solgan Guterrish, “Universitetlar vaziyatni oqilona hal qilishlari kerak”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Antoniu Guterrish , #AQSh

Aloqador xabarlar