Xalqaro kredit reyting agentligi Moody's Isroilning kredit reytingini pasaytirdi

Xalqaro kredit reyting agentligi Moody's Isroilning kredit reytingini pasaytirdi.Moody's tomonidan berilgan bayonotda, Isroilning kredit reytingi va istiqboli qayta ko'rib chiqilganligi ma'lum qilindi.

2100406

Kredit reyting agentligi bayonotida davom etayotgan harbiy mojaro va uning kengroq oqibatlari reytingni pasaytirishning asosiy sababi sifatida tilga olinib, bu holat Isroilning ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi institutlari hamda moliyaviy qudratini zaiflashtirish xavfini oshirayotgani qayd etilgan.

Bayonotda, Isroilning xorijiy valyuta va milliy valyutadagi kredit reytingi "A1"dan "A2"ga tushirilgani, kredit reytingi prognozi esa salbiyga o'zgartirilganligi bildirildi.

Isroilning davlat moliyasi yomonlashgani aytilar ekan, mamlakatning qarz yukining mojarodan oldin taxmin qilinganidan yuqori bo'lishi kutilayotgani ta'kidlandi.

2023-yil 19-oktabrda Moody’s Isroilning “A1” kredit reytingini ehtimoliy pasaytirish uchun qayta ko‘rib chiqdi.

Aloqador xabarlar