Isroil G'azo sektorida qirg'in qilishda davom etmoqda

Isroil G'azo sektorida qirg'in qilishda davom etmoqda.Isroil harbiy samolyotlari G'azo markazidagi Nuseyrat qochqinlar lageridagi uyga zarba berdi.

2091096
Isroil G'azo sektorida qirg'in qilishda davom etmoqda

Isroil G'azo sektorida qirg'in qilishda davom etmoqda.

Isroil harbiy samolyotlari G'azo markazidagi Nuseyrat qochqinlar lageridagi uyga zarba berdi.

Hujum oqibatida 5 kishi halok bo'ldi, ko'p odam tan jarohati oldi.

Isroil kuchlari G‘azo janubida Xon Yunisni ham nishonga oldi.

El-Amel tumaniga uyushtirilgan hujumlarda 2 kishi halok bo'ldi, ko'p odam tan jarohati oldi.Devvar Abu Mazin hududida ko‘plab odamlar qirg‘in qilingani ma’lum qilindi.

Isroil, shuningdek, G'azoga gumanitar yordam yetkazilishiga ham to'sqinlik qilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik,

Uning ta'kidlashicha, yanvar oyining dastlabki ikki haftasida rejalashtirilgan 29 ta etkazib berishdan faqat 7 tasi to'liq yoki qisman amalga oshirilishi mumkin bo’ldi.

G'azoda 8 kundan beri uzilib qolgan aloqa xizmatlari bosqichma-bosqich tiklandi.

Falastin telekommunikatsiya shirkati, texnik guruhlar Isroil hujumlari natijasida yetkazilgan zararni bartaraf etganini ma'lum qildi.

 Dyujarrik G'azodagi epidemiya tahdidiga ham e'tibor qaratdi. Etarli va toza suv etishmasligi tufayli 152 ming diareya holati qayd etilgan,Uning ta'kidlashicha, kasallanganlarning yarmi 5 yoshgacha bo'lgan bolalardir.

7 oktabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida kamida 10 800 bola, jumladan, bolalar halok bo‘lib 24 ming 762 falastinlik, jumladan 7 ming 250 ayol halok bo'lgan. 62 ming 108 kishi jarohatlangan. Xabar qilinishicha, vayronalar ostida hali ham minglab qurbonlar bor.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Davom etmoqda , #Hujum , #Isroil , #G'azo

Aloqador xabarlar