G'azoda takror tez yordam xizmati berila boshladi

Isroil kuchlari taxminan 2 oy oldin G'azodagi tez yordam markazi va Quddus kasalxonasini qurshab olganidan so'ng, majburan to'xtatilgan tez yordam va shoshilinch xizmatlar qaytadan berila boshlagan.

2088657
G'azoda takror tez yordam xizmati berila boshladi

 

Falastin Qizil yarim oy jamiyati G'azoda taxminan 2 oy oradan so'ng takror tez yordam xizmatini bera boshladi.

Bu haqda Falastin Qizil yarim oy jamiyatining yozma bayonotida qayd etilgan.

Qayd etilishicha, Isroil kuchlari taxminan 2 oy oldin G'azodagi tez yordam markazi va Quddus kasalxonasini qurshab olganidan so'ng, majburan to'xtatilgan tez yordam va shoshilinch xizmatlar qaytadan berila boshlagan.

Taxminan 3 hafta oldin Jibaliyadagi tez yordam markaziga Isroil tomonidan hujum qilinishi oqibatida Qizil yarim oy jamiyatiga oid tez yordam mashinalari yaroqsiz holga kelgandi.

Qizil yarim oy jamiyati ma'lumotlariga ko'ra, Isroil tomonidan 7 oktyabrdan beri Qizil yarim oy jamiyatini nishonga olgan 54 ta hujumda 8 nafar xodim halok bo'ldi, 29 nafar xodim yaralandi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #G'azo , #Falastin

Aloqador xabarlar