Rossiya harbiylari Putin nazoratida yadroviy mashg‘ulot o‘tkazdi

Shaxsan Prezident Vladimir Putin rahbarlik qilgan mashg‘ulotlarda yadro uchligining barcha tarkibiy qismlari – quruqlikdagi raketalar, strategik suv osti kemalari va uzoq masofaga uchuvchi samolyotlar qatnashgan.

2055986
Rossiya harbiylari Putin nazoratida yadroviy mashg‘ulot o‘tkazdi

 

Rossiya harbiylari dushmanga qarshi yirik yadroviy zarba berish uchun o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Kremlning ma’lum qilishicha, shaxsan Prezident Vladimir Putin rahbarlik qilgan mashg‘ulotlarda yadro uchligining barcha tarkibiy qismlari – quruqlikdagi raketalar, strategik suv osti kemalari va uzoq masofaga uchuvchi samolyotlar qatnashgan.

“Yars” qit’alararo ballistik raketasi Kamchatkada joylashgan Kura poligonidagi Plesetsk sinov kosmodromidan uchirilgan. “Sineva” raketasi esa Barens dengizidagi Tula kreyseridan uchirilgan. Kreml ro‘yxatiga ko‘ra, mashg‘ulotlarga Tu-95MS samolyotlari ham jalb qilinib, ular orqali qanotli raketalar ishga tushirilgan.

“Mashg‘ulotlar Qurolli Kuchlarning “o‘quv rejasiga muvofiq” bo‘lib o‘tdi – “dushmanning yadroviy zarbasiga javoban” zarba berish amaliyoti o‘tkazildi”, deb hisobot topshirgan mudofaa vaziri Sergey Shoygu Putinga. 

Kreml matbuot xizmatiga ko‘ra, mashg‘ulotlar davomida rejalashtirilgan vazifalar "to‘liq bajarilgan".


Tanlangan kalimalar: #Putin , #Rossiya

Aloqador xabarlar