Hamas asir yahudiy ayol va bolalarni qo’yib yubordi

Hamas Harakati shanba kunidan beri "Isroilning Falastindagi ishg'olini buzishlariga javoban o'tkazilgan Al-Aqsa to’foni operatsiyasi birinchi darajali mudofaa operatsiyasi" ekanligini bildirdi.

2049815
Hamas asir yahudiy ayol  va bolalarni qo’yib yubordi

 

Hamas Harakati shanba kunidan beri "Isroilning Falastindagi ishg'olini buzishlariga javoban o'tkazilgan Al-Aqsa to’foni operatsiyasi birinchi darajali mudofaa operatsiyasi" ekanligini bildirdi.

Harakatning Siyosiy byuro a’zosi Husam Bedranning Aqsa to’foniga doir matbuot bayonoti Hamas Harakatining rasmiy internet sahifasida chop etildi.

Bedran o'z bayonotida, "operatsiya Isroilning Falastindagi ishg'olining buzilishiga, Isroil harbiy bazalari va markazlarini nishonga olgan holda, birinchi darajali mudofaa operatsiyasi bo'ldi" dedi.

Bedran Isroilning Xamas qurolli kuchlari “tinch aholini o‘ldirgani” haqidagi Isroil da’volarini rad etdi va shunday dedi:

"Dinimiz tinch aholiga teginish va nishonga olishni taqiqlaydi. Xamas jangchilari, Qassam brigadalari qo'mondoni Abu Xolid Dayf o'z videolarida tushuntirganidek.

  "U tinch aholiga tegmaslik kerakligi haqidagi maslahatiga amal qildi".

Bedran, shuningdek, islom va arab dunyosini tik turgan Falastin xalqi yonida turishga chaqirdi.

Ayni paytda, Hamasning harbiy qanoti Izzeddin al-Qassam Brigadasi, asirga olgan yahudiy ko'chmanchi ayol va uning 2 farzandini ozod qilgani bildirildi.

Qatarda joylashgan “Al-Jazira” telekanali ayol va uning bolalari ozod etilgani aks etgan kadrlarni chop etdi.

Hamasning harbiy qanoti Qassam Brigadalari shanba kuni Isroilga "Aqsa to'foni" deb nomlangan keng qamrovli hujum uyushtirganini e'lon qilgan edi.

  G'azodan Isroil tomon minglab raketalar otilgan bir paytda, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirgan edi.

Isroil armiyasi ham jangovar samolyotlar bilan G’azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlaganini ma’lum qilgan edi.

Har ikki tomonda ham yuzlab qurbonlar bor.

 


Tanlangan kalimalar: #Ozod , #Bolalar , #Ayol , #Isroil , #Hamas

Aloqador xabarlar