Afg‘oniston g‘arbida yana 6,3 va 5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Birinchi zilzila mahalliy vaqt bilan taxminan soat 05:11 da, 272 ming kishi istiqomat qiluvchi Hirot shahridan 31 km janubi-g‘arbda sodir bo‘lgan. Yer silkinishi epimarkazi 10 km chuqurlikda joylashgan.

2049575
Afg‘oniston g‘arbida yana 6,3 va 5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

 

Afg‘oniston g‘arbida 11 daqiqa ichida 6,3 va 5 magnitudali ikkita zilzila sodir bo‘ldi.

Bu haqda Amerika Geologik xizmati (USGS) ma'lum qildi.

Birinchi zilzila mahalliy vaqt bilan taxminan soat 05:11 da, 272 ming kishi istiqomat qiluvchi Hirot shahridan 31 km janubi-g‘arbda sodir bo‘lgan. Yer silkinishi epimarkazi 10 km chuqurlikda joylashgan.

Ushbu zilziladan 11 daqiqa o'tgach, xuddi shu mintaqada 5 magnitudali ikkinchi zilzila sodir bo'ldi.

Ma`lum qilinishicha, har ikkala zilzila ham 10 kilometr chuqurlikda sodir bo'lgan.

Zilzilalardan so‘ng Hirotliklar vahima ichida ko‘chaga qochishgan va shaharda qisqa muddatli elektr ta’minotida uzilishlar yuz bergan.

Eslatma: Joriy yilning 7 oktyabr kuni Afg‘oniston g‘arbida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila aholisi 272 ming kishi bo‘lgan Hirot shahridan 40 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan.

Uning o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Tabiiy ofat kuchi dastlab 6,1 ball deb hisoblangan. Kuchli zilzila oqibatida 2400 dan ortiq odam halok bo'lgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston

Aloqador xabarlar