AQShning “Jerald Ford” avia tashuvchisi O‘rta yer dengiziga yetib keldi

"AQSHning “Jerald Ford” avia tashuvchi zarbdor guruhi vaziyatni keskinlashtirish yoki jang maydonini kengaytirishga urinmoqchi bo‘lgan boshqa davlatlarni tiyib turish uchun O‘rta yer dengizining sharqiy qismiga yetib keldi”,- deyiladi CENTCOM bayonotida.

2049412
AQShning “Jerald Ford” avia tashuvchisi O‘rta yer dengiziga yetib keldi

 

Falastin – Isroil mojarosi keskinlashgan bir sharoitda Amerikaning “Jerald Ford” avia tashuvchisi O‘rta yer dengiziga yetib keldi.

“AQSH qurolli kuchlarining “Jerald Ford” avia tashuvchi zarbdor guruhi vaziyatni keskinlashtirish yoki jang maydonini kengaytirishga urinmoqchi bo‘lgan boshqa davlatlarni tiyib turish uchun O‘rta yer dengizining sharqiy qismiga yetib keldi”, deyiladi AQSH qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi – CENTCOM bayonotida.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an ayni qadam AQSH maqsadiga tegishli ko‘plab savollarni keltirib chiqaradi, deya ta’kidladi.

"AQSH o‘z avia tashuvchisini jo‘natdi. Menda Amerika quroli Isroilda nima qiladi, degan savol paydo bo‘ldi? Bu tashuvchi G‘azoga uyushtiriladigan ommaviy qirg‘inda atrofidagi kema va samolyotlari bilan ishtirok etadi",– dedi Erdo'g‘an seshanba kuni Anqarada Avstriya kansleri bilan birga o‘tkazilgan brifingda.

Zarbdor guruh tarkibida raketali kreyser va boshqariladigan raketa bilan qurollangan to‘rtta esminets mavjud.


Tanlangan kalimalar: #CENTCOM , #Jerald Ford , #AQSh

Aloqador xabarlar