Falastin davlatini tan olish haqidagi bayonotlar xursandchilik bilan qabul qilindi

Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining tegishli qarorlariga muvofiq, 1967 - yilgi chegaralar asosida, 28 – may kuni Falastinni tan olishlarini ma’lum qildi.

2142860
Falastin davlatini tan olish haqidagi bayonotlar xursandchilik bilan qabul qilindi

Falastin yetakchiligi Norvegiya, Irlandiya va Ispaniyaning Falastin davlatini tan olishlari haqidagi bayonotlarini xursandchilik bilan qabul qildi.

Falastin yetakchiligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda:

“Bu qarorlar Falastin xalqining o‘z zaminida o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqining tan olinishi va muammoning ikki davlat asosida hal qilinishi jihatidan alohida oʻringa ega”, - degan ifodalarga oʻrin berildi.

Falastin davlatini hanuz tan olmagan davlatlardan oʻz mas’uliyatlarini bajarishga va Falastin xalqining oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini tan olishlari tarafdori ekanliklari ifoda etilgan bayonotda:

“Hali hanuz Falastin davlatini tan olmagan dunyo davlatlari, ayniqsa Yevropa davlatlarini xalqaro qonun va 1967 – yilgi chegara asosida, xalqaro miqyosda qabul qilingan ikki davlatli yechim yoʻliga munosib tinchlik oʻrnatishni qoʻllab – quvvatlashga hamda xalqaro huquq qoidalarini mustahkamlash yoʻlini tanlagan Norvegiya Qirolligi, Irlandiya Respublikasi va Ispaniya yoʻlini tanlab Falastin davlatini tan olishga chaqiramiz”, - deyildi.

Falastin yetakchiligi, ushbu bosqichga erishishda hissa qoʻshgan qardosh va doʻst davlatlar bilan xalqlarga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib oʻtamiz:

Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining tegishli qarorlariga muvofiq, 1967 - yilgi chegaralar asosidai 28 – may kuni Falastinni tan olishlarini ma’lum qilgandi.

 



Aloqador xabarlar