Rossiya Qorabogʻda normal hayotni tiklashga hissa qo'shmoqda

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjon bilan Qorabogʻda tinch aholining normal hayotini tiklash uchun shart-sharoit yaratish ustida ishlayotganligini aytdi.

2045339

Lavrov Sochida bo'lib o'tgan Valday xalqaro munozara klubining yillik yig'ilishi doirasida Ozarbayjonning Qorabog' mintaqasidagi vaziyat haqida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Qorabog'da ishlar davom etayotganini tilga olgan Sergey Lavrov: "Biz ozarbayjonlik hamkasblarimiz bilan Qorabog'dagi vaziyatni barqarorlashtirish, u yerda ishonchni mustahkamlash, ozarbayjonlar va armanlarning umumiy hayotlarini davom ettirishlari uchun,normal hayotni tiklashlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish ustida ishlayapmiz. Umid qilamanki, Yerevan ham bu masaladan manfaatdor bo'ladi va buning uchun harakat qiladi",-dedi.

Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Qorabog' , #Rossiya

Aloqador xabarlar