Fransiya va Italiya muhojirlar oqimiga qarshi hamkorlikni kuchaytirmoqchi

Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna va Italiya bosh vazir o’rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani Parijda migratsiya masalasini muhokama qildi.

2042116
Fransiya va Italiya muhojirlar oqimiga qarshi hamkorlikni kuchaytirmoqchi

 

Fransiya tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna va Italiya bosh vazir o’rinbosari va tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani Parijda migratsiya masalasini muhokama qildi.

Kolonna va Tajani ikki tomonlama uchrashuv oldidan qo'shma matbuot anjumani o'tkazdi.

Immigratsiya masalasini batafsil muhokama qilishlarini bildirgan Kolonna, "Biz muhojirlar oqimiga qarshi Italiya bilan to'liq hamkorlik qilamiz",-dedi.

U shuningdek, migratsiya muammosiga Yevropa darajasidagi hamkorlik orqali yechim topilishiga e'tibor qaratdi.

"Hamkorlik orqali biz tartibsiz muhojirlarning kelib chiqish mamlakatlari va tranzit mamlakatlari bilan yanada yaqindan hamkorlik qilishni maqsad qilganmiz",-deydi u.

Fransiya vaziri inson savdogarlariga qarshi kurashish zarurligini ham qo'shimcha qildi.

Italiya bosh vazir o’rinbosari Tajani ham Italiya migratsiya masalasida Fransiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

"Afrika qit'asi va Yaqin Sharqdagi beqarorlikni inobatga olgan holda, biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro Migratsiya Tashkiloti va BMTning Qochqinlar bo'yicha Oliy Komissarligi orqali migratsiya masalasiga chora ko'rishi kerak, deb o'ylaymiz",-deydi u.

Italiya vazirining qo‘shimcha qilishicha, muhojirlarning noumidligidan foydalanadigan jinoyatchilarga ham chora ko'rish kerak.


Tanlangan kalimalar: #Italiya , #Fransiya

Aloqador xabarlar