Braziliya janubidagi suv toshqinlarida qurbonlar soni 28 nafarga yetdi

"Biz Rio Grande-du-Sul hududida misli ko'rilmagan iqlim falokatiga qarshi kurashmoqdamiz",- deydi Viloyat gubernatori Eduardo Leite.

2034327
Braziliya janubidagi suv toshqinlarida qurbonlar soni 28 nafarga yetdi

 

Braziliya janubida hafta oxiridan beri kuchga kirgan tropik siklonda qurbonlar soni 28 nafarga yetdi.

Viloyat gubernatori Eduardo Leite matbuot anjumanida tropik bo‘ron sabab bo‘lgan ko‘chki va suv toshqinlarda halok bo‘lganlar soni 28 nafarga yetganini ma’lum qildi.

"Biz Rio Grande-du-Sul hududida misli ko'rilmagan iqlim falokatiga qarshi kurashmoqdamiz",- deydi u.

U shuningdek, qidiruv-qutqaruv ishlari Pardo daryosi vodiysida davom etayotgani va halok bo'lganlar soni ortishi ehtimoli borligini bildirdi.

Rasmiylar Rio Grande-du-Sul hududida 67 shahar kuchli bo'ron va toshqinlardan jabr ko'rganini, 1650 kishi boshpanasiz qolganini va 3000 dan ortiq kishi vaqtincha xavfsiz joyga ko'chirilganini e'lon qildi.

Braziliya Prezidenti Luiz Inasio Lula da Silva, bo'ron tufayli hayotdan ko'z yumganlarning oilalariga hamdardlik bildirib, "Xalqqa yordam berish uchun barcha sa'y-harakatlarimizni qilamiz",-dedi.

Braziliyada joriy yil kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida minglab odamlar boshpanasiz qoldi, ko‘plab odamlar hayotdan ko‘z yumdi.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya

Aloqador xabarlar