Braziliya janubida sodir bo'lgan suv toshqinlarida 22 kishi halok bo'ldi

Braziliya Prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva, bo'ron oqibatida halok bo'lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

2033858
Braziliya janubida sodir bo'lgan suv toshqinlarida 22 kishi halok bo'ldi

 

Braziliyaning janubiy mintaqasida yuz bergan tropik siklon tufayli 22 kishi halok bo'ldi.

Viloyat gubernatori Eduardo Leite matbuot anjumanida 20 dan ortiq shaharchada favqulodda holat e'lon qilganligini ma'lum qilgan.

Hodisalar tufayli 15 ming kishi evakuatsiya qilingan. Bo'ron suv toshqinlari va ko'chkilarga sabab bo'lgan.

Argentina va Urugvay chegarasida joylashgan Rio Grande do Sul va Santa Catarina shtatlarida tropik bo'ron 22 kishining o'limiga sabab bo'lganini qayd etgan Leite, bu shtatlarda misli ko'rilmagan falokat yuz berganini xabar qildi.

Dovulning 60 ta shaharchada samarali bo'lganiga diqqat qaratgan Leite, kuchli shamol va suv toshqinlari tufayli daryolar toshib ketganiga diqqat qaratib, qidiruv-qutqaruv ishlari qiyinchilik bilan olib borilayotganini aytdi.

Braziliya Prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva, bo'ron oqibatida halok bo'lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

"Biz jamoatchilikka yordam berish uchun barcha sa'y-harakatlarimizni qilamiz" dedi davlat rahbari.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya

Aloqador xabarlar