Entoni Blinken Misr tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlar hamda umumiy ahamiyatga ega xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

2027716
Entoni Blinken Misr tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan ikki tomonlama munosabatlar hamda umumiy ahamiyatga ega xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi.

Misr Tashqi ishlar vazirligidan berilgan yozma bayonotga ko’ra, Samih Shukri AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Yetakchilar suhbat chog'ida rivojlanish, iqtisodiy va harbiy hamkorlik ko‘lamini kengaytirish orqali ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lida harakat qilish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, poytaxt Qohirada Sudan, Liviya, Niger va Suriyadagi inqirozni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan Arab vazirlari bilan aloqalar qo'mitasining birinchi yig'ilishi, ishg'ol qilingan Falastin tuproqlaridagi o'zgarishlar bilan bir qatorda so'nggi xalqaro va mintaqaviy sohadagi o‘zgarishlar ham muhokama qilindi.

Tomonlar kelgusi davrda mintaqada tobora kuchayib borayotgan qiyinchiliklarga qarshi ikki davlat o'rtasida qo'shma ish va hamkorlik doirasida davom etayotgan maslahatlashuv va muvofiqlashtirishni davom ettirish istagini bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Misr , #AQSh , #Entoni Blinken

Aloqador xabarlar