Isroilda koronavirusning yangi varianti "BA.2.86" kuzatildi

Isroilda aniqlangan yangi variant AQSh, Angliya va Daniyadan keyin aniqlangan 4-chi holat ekanligi bildirildi.

2027095
Isroilda koronavirusning yangi varianti "BA.2.86" kuzatildi

 

Ta'kidlanishicha, koronavirusning (Kovid-19) yangi varianti "BA.2.86" Isroilda kuzatilgan.

Isroil Davlat Teleradiokompaniyasi Tel-Avivdagi "Souraskiy" tibbiyot markazi xodimlarining mavzu bo'yicha tushuntirishlarini kiritdi.

Xabarda, Isroilda aniqlangan yangi variant AQSh, Angliya va Daniyadan keyin aniqlangan 4-chi holat ekanligi bildirildi.

Ta'kidlanishicha, yangi variant sababli yuzaga kelgan ko'p sonli mutatsiyalar vaktsinalarni samarasiz qilishi va shu bilan Jahon sog'liqni saqlash tashkilotini xavotirga solishi mumkin.

JSST 17 avgustdagi bayonotida "BA.2.86" deb e'lon qilingan variantning holatini ko'p sonli mutatsiyalar tufayli "kuzatish ostidagi variant" sifatida yangilagandi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #BA.2.86 , #Isroil

Aloqador xabarlar