Xitoy Mudofaa vaziri Li Shanfu Rossiya va Belarusga tashrif buyuradi

Tashrif Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va uning belaruslik mavqedoshi Viktor Xrenin taklifiga binoan tashkil etiladi. Rejaga ko‘ra, Li Shanfu  Rossiyada XI Moskva xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etadi.

2024254
Xitoy Mudofaa vaziri Li Shanfu Rossiya va Belarusga tashrif buyuradi

 

Xitoy Mudofaa vaziri Li Shanfu joriy yilning 14-19 avgust kunlari Rossiya va Belarusga boradi.

Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tashrif Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va uning belaruslik mavqedoshi Viktor Xrenin taklifiga binoan tashkil etiladi. 
Rejaga ko‘ra, Li Shanfu  Rossiyada XI Moskva xavfsizlik konferensiyasida ishtirok etadi.

Belarusda esa u harbiylar va hukumat vakillari bilan uchrashadi, shuningdek, harbiy qismlarga tashrif buyuradi.

Ma’lumot uchun, shu oyda Rossiya va Xitoy Alyaska qirg‘oqlarida qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazgan. 

Eslatma: Joriy yilning aprel oyida ham Xitoy Mudofaa vaziri Rossiyaga kelgan, safar doirasida Prezident Vladimir Putin bilan ham uchrashgandi.

Li iyul oyida Xitoyga qilgan tashrifi doirasida poytaxt Pekinda Rossiya dengiz floti qo'mondoni admiral Nikolay Yevmenov bilan ham uchrashdi.

Xitoyning Amerika Qo'shma Shtatlari bilan geostrategik raqobati va mintaqaviy taranglik kuchaygan bir paytda boshlangan Rossiya-Ukraina urushi Pekin boshqaruvini Moskvaga yaqinlashtirgani kuzatilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Xitoy

Aloqador xabarlar