Eron va Afg'oniston o'rtasida suv muammosi muhokama qilinmoqda

Oxirgi yillarda Afg'onistondagi qurg'oqchilik tufayli Eronga oqib kelayotgan suv miqdori kamaygani Tehron ma'muriyatini bezovta qila boshladi.

2024180
Eron va Afg'oniston o'rtasida suv muammosi muhokama qilinmoqda

 

Eron va Afg'oniston o'rtasidagi "suv huquqi" muhokamalari bilan kun tartibiga chiqqan Afg'onistondagi Hilmand daryosining manbai birinchi marta eronlik mutaxassislar tomonidan tekshirildi.

Fors axborot agentligining xabar berishicha, Eronning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Hasan Kazimi Kumi mavzu yuzasidan ma’lumot bergan.

"Eronlik mutaxassislar Deh Ravud hududida (Hilmand daryosining manbai joylashgan) tekshiruvlar o'tkazdi. Bu birinchi marta sodir bo'lmoqda", dedi u.

Eron rasmiysi ekspertlar hamon Afg‘oniston poytaxti Kobulda ekanligini va ular zudlik bilan o‘z hisobotlarini tayyorlab berishlarini qayd etdi.

Hilmand daryosi Afgʻonistonning Bamyon viloyatidagi Hindukush togʻlarining davomi boʻlgan Baba togʻlaridan boshlanadi. 1100 kilometrlik oqimdan so'ng daryo suvi Eron-Afg'oniston chegarasidagi Xomun ko'liga quyiladi.

Afg‘oniston va Eron o‘rtasidagi Hilmand suv yo‘lidagi suv muammosi 1973-yilda erishilgan kelishuv bilan hal qilingandi.

Kelishuvga koʻra, Afgʻoniston Eronga suv yoʻli orqali “normal sharoitda” soniyasiga 26 kub metr suv yetkazib berish majburiyatini olgan edi. Buning 22 kub metri "Eronning suv olish huquqi" deb belgilansa, 4 kub metri Afg'onistonning Eronga nisbatan "yaxshi niyat ko'rsatkichi" sifatida belgilandi.

Shunga qaramay, kelishuvda qurgʻoqchilik davrida Eronga oqib oʻtadigan suv sekundiga 26 kubometrdan past boʻlishi ham taʼkidlangan.

Oxirgi yillarda Afg'onistondagi qurg'oqchilik tufayli Eronga oqib kelayotgan suv miqdori kamaygani Tehron ma'muriyatini bezovta qila boshladi.

Vaqti-vaqti bilan qurg'oqchilikka uchragan ikki davlat, 1973 yilda imzolangan shartnomaga sodiqligini bildirishsa-da, suv muammosi tufayli bir-birlari bilan to'qnashmoqda.

Tolibon ma'muriyati mintaqadagi qurg'oqchilik tufayli Hilmand daryosidagi Keseki to'g'onida suv yo'qligi, shuning uchun Eron tomoniga suv etib bormayotganini ta'kidlayotgandi. Eron texnik delegatsiyaning to'g'onga tashrif buyurishini va bu holatni tasdiqlashi kerakligini bildirgandi. Tolibon esa bu talabni qabul qilmayotgandi.

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy 18-may kuni Sistan-Baluchiston viloyatiga tashrifi chog‘ida bu haqda bayonot berdi.

"Mutaxassislarimiz suv tanqisligini tasdiqlasa, aytadigan gapimiz yo'q, aks holda biz xalqimiz huquqlari poymol etilishiga yo'l qo'ymaymiz. Afg'onistondagi hukmdorlarni Eronga zudlik bilan suv olish huquqini berishlari haqida ogohlantiraman",-dedi Eron Prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Eron

Aloqador xabarlar