Xitoy turizm oldidagi koronavirus cheklovlaridan birini bekor qildi

Xitoy agentliklari Turkiya bilan bir qatorda, ko'plab mamlakatlarga guruhli sayohatlar uyushtirishga ruxsat berildi.

2022885
Xitoy turizm oldidagi koronavirus cheklovlaridan birini bekor qildi

 

Xitoy turizm oldidagi koronavirus (Kovid-19) cheklovlaridan yana birini bekor qildi.

Xitoy agentliklari Turkiya bilan bir qatorda, ko'plab mamlakatlarga guruhli sayohatlar uyushtirishga ruxsat berildi.

Guruh safarlari tashkil etilishi mumkin boʻlgan mamlakatlarning uchinchi roʻyxati Xitoy madaniyat va turizm vazirligi saytida eʼlon qilindi.

Turkiyadan tashqari, Amerika Qo'shma Shtatlari, Germaniya va Janubiy Koreya kabi davlatlar ham ro'yxatga kiritildi.

Xitoy sayyohlik agentliklari faqat ruxsat berilgan mamlakatlarga guruhli turlar tashkil qilishi mumkin.

Pekin yanvar oyidan boshlab koronavirus cheklovlarini yumshata boshlagandi.

Birinchi 20 davlat roʻyxatidan keyin mart oyida eʼlon qilingan 40 ta davlatdan iborat ikkinchi roʻyxat e'lon qilingandi.

Oxirgi ro'yxat bilan sayohat qilishga ruxsat berilgan Janubiy Koreyaga guruh turizmi 2016 yilda boshqa mamlakatlardan farqli ravishda Seulning AQShdan sotib olingan havo mudofaa tizimlariga javoban cheklangan edi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy

Aloqador xabarlar