Pokistonning sobiq bosh vaziri 5 yil muddatga siyosatdan chetlashtirildi

Saylov komissiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Imron Xonning sud tomonidan korruptsiyada aybdor deb topilgan, tegishli qonunlar doirasida uning 5 yil davomida siyosatdan man etilishiga qaror qilingan.

2022243
Pokistonning sobiq bosh vaziri 5 yil muddatga siyosatdan chetlashtirildi

 

Pokiston Saylov Komissiyasi korrupsiya ishi bo'yicha aybdor deb topilib, hibsga olingan sobiq Bosh vazir Imron Xonni 5 yilga siyosatdan chetlashtirishga qaror qildi.

Saylov komissiyasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Imron Xonning sud tomonidan korruptsiyada aybdor deb topilgan, tegishli qonunlar doirasida uning 5 yil davomida siyosatdan man etilishiga qaror qilingan.

Islomobod Oliy sudi Imron Xonni 490 ming dollarlik sovg‘alarni sotishda va bosh vazir bo‘lgan vaqtida o‘z lavozimidan noto‘g‘ri foydalanganlikda aybdor deb topdi va 3 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Pokiston politsiyasi Xonni 5 avgust kuni sud qarori bilan Lahordagi uyida hibsga olgandi.

Pokiston parlamentida 2022-yil 10-aprelda o‘tkazilgan ishonchsizlik votumida 174 nafar “yo‘q” ovozini olgan Imron Xon hukumati qulagandi.

Mamlakatda uch muddat bosh vazirlik qilgan Navoz Sharifning ukasi Shahboz Sharif 2022-yil 11-aprelda boʻlib oʻtgan ovoz berishda mutlaq koʻpchilikning qoʻllab-quvvatlashi bilan 174 ovoz bilan bosh vazir etib saylangandi.


Tanlangan kalimalar: #Imron Xon , #Pokiston

Aloqador xabarlar