Burkina-Fasoda sodir etilgan terakt oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, noma’lum qurolli shaxslar hujumni Togo bilan chegaradagi Bittu shahri yaqinida amalga oshirgan.

2021539
Burkina-Fasoda sodir etilgan terakt oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

 

Burkina-Fasoda sodir etilgan terakt oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, noma’lum qurolli shaxslar hujumni Togo bilan chegaradagi Bittu shahri yaqinida amalga oshirgan.

Hodisa oqibatida 25 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi yaralangan.

Burkina-Fasoda 2015-yilda boshlangan xavfsizlik inqirozi natijasida 2 milliondan ortiq odam uyini tark etishga majbur bo‘lgan. Hukumat ma'lumotlariga ko'ra, bu odamlarning atigi 120 ming nafari o'z uylariga qaytishga muvaffaq bo'lgan.

Mamlakat Bosh vaziri Apolliner Yoaximson Kyelem de Tambela may oyida qilgan chiqishida mamlakat hududining 65 foizi davlat nazorati ostida ekanini aytgandi.


Tanlangan kalimalar: #Burkina -Faso

Aloqador xabarlar