Pokistondagi terakt oqibatida qurbonlar soni 54 nafarga yetdi

Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatining Bajaur tumanida sodir etilgan teraktda DEASh terror tashkiloti jangarilari ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi.

2018451
Pokistondagi terakt oqibatida qurbonlar soni 54 nafarga yetdi

 

Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatida koalitsiya hukumati sheriklaridan biri bo'lgan “Jamiat Ulamoi Islom” (“Islom ulamolari assambleyasi”) partiyasining qurultoyida sodir etilgan xudkushlik hujumida hayotdan ko'z yumganlar soni 54 nafarga yetdi.

Geo News televideniyesida berilgan xabarga ko'ra, 30 iyul kuni Pokistonda “Jamiat Ulamoi Islom” (“Islom ulamolari assambleyasi”) partiyasining qurultoyida portlash sodir bo‘ldi. Voqeada qurbonlar soni 54 nafarga yetdi. 200 dan ortiq kishining tan jarohati olgan, ulardan 14 nafari og'ir ahvolda.

Rasmiylarning ta'kidlashicha, Pokiston shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatining Bajaur tumanida sodir etilgan teraktda DEASh terror tashkiloti jangarilari ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi. 

Hujumga aloqadorlikda gumon qilingan uch kishi hibsga olingan.

Boshqa tomondan, xudkushlik hujumining Xitoy Bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifengning Pokistonga kelishidan bir necha soat oldin sodir bo‘lgani diqqat qatarmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Pokiston

Aloqador xabarlar