Islom hamkorlik tashkiloti navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazadi

Soʻnggi paytlarda Gʻarbda Qurʼonga qarshi hujumlar kuchaygani sababli Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashi navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazadi.

2017976
Islom hamkorlik tashkiloti navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazadi

 

Soʻnggi paytlarda Gʻarbda Qurʼonga qarshi hujumlar kuchaygani sababli Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashi navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazadi.

Onlayn yig'ilishda Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ham ishtirok etadi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Shvetsiya va Daniyada Qur'onga takrorlangan hujumlarni muhokama qilish uchun yig'ilish bugun bo'lib o'tishi bildirildi.

Yig’ilishda, Yevropada islomofobiya kuchaygan kontekstda IHT tomonidan tashlanishi mumkin bo’lgan aniq qadamlar baholanishi ta’kidlandi.

Yig'ilishda IHTga a'zo davlatlarning Qur'onga qilingan jirkanch hujumlarga qarshi mushtarak pozitsiyani egallashi ham muhokama qilinadi.

Boshqa tomondan, Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, yig'ilishdan oldin Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstrom bilan telefon orqali muloqot qildi.

Uchrashuvda Shvetsiyada Qur'onga qilingan hujumlar muhokama qilingani bildirildi.

Vazir Fidan, bu harakatlarni so'z erkinligi niqobi ostida davom ettirish qabul qilinishi mumkin emasligini ta'kidladi.

Fidan, islom olamida katta reaktsiyaga sabab bo'lgan hujumlarning oldini olish uchun Stokholm boshqaruvidan aniq qadamlar kutilayotganini qayd etdi.

Ikki vazir uchrashuvida Shvetsiyaning NATOga a’zolik jarayoni ham muhokama qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar