Pokiston va Xitoy AES reaktorini qurish bo‘yicha kelishuv imzoladi

Pokiston va Xitoy Chashma atom elektr stansiyasida qiymati 4,8 milliard dollarlik 1200 megavatt quvvatga ega yangi energiya blokini qurish bo‘yicha kelishuv imzoladi.

2002636

Geo News televideniyesida berilgan xabarga ko'ra, poytaxt Islomoboddagi Chashma atom elektr stansiyasida 5-atom reaktorining qurilishi uchun imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

Xitoy Milliy Yadro Korporatsiyasi (CNNC) raisi Van Yongge va Pokiston Atom energiyasi bo‘yicha komissiyasi (PAEC) raisi Muhammad Said Chashma atom elektr stansiyasida qiymati 4,8 milliard dollarlik 1200 megavattlik yangi energiya blokini qurish bo‘yicha kelishuvni imzoladilar.

Marosimda ishtirok etgan Bosh vazir Shahboz Sharif bu kelishuvni ikki davlatning iqtisodiy hamkorligidagi muhim qadam sifatida baholadi.

K-3 atom elektr stansiyasining 3-agregati Xitoy ko‘magida 2023-yil fevral oyida ishga tushirilganini eslatgan Sharif, bugun Chashma-5 uchun shartnoma imzolanganini ta’kidladi.

Sherif Xitoy rahbari Si Tszinpinga moliyaviy yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Pokiston

Aloqador xabarlar