Braziliya janubida ro'y bergan dovulda 20 kishi bedarak yo'qoldi

Rio-Grande-du-Sol shtati gubernatori Eduardo Leyte kuchli dovul 40 ta shaharchaga taʼsir qilgani, suv toshqinlari va koʻchkilarga sabab boʻlganini maʼlum qildi.

2001499
Braziliya janubida ro'y bergan dovulda 20 kishi bedarak yo'qoldi

 

Braziliya janubida 16 iyundan beri davom etayotgan dovulda qurbonlar soni 13 nafarga, bedarak yo'qolganlar soni esa 20 nafarga yetdi.

Rio-Grande-du-Sol shtati gubernatori Eduardo Leyte kuchli dovul 40 ta shaharchaga taʼsir qilgani, suv toshqinlari va koʻchkilarga sabab boʻlganini maʼlum qildi.

Rasmiylar 13 kishi halok bo‘lganini, 20 kishi bedarak yo‘qolganini va 3700 kishi evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mamlakat prezidenti Luiz Inasio Lula da Silvaning buyrug'i bilan mintaqaga ikki vazir yuborilgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlari uzluksiz davom etmoqda.

Suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli ba’zi reyslar bekor qilindi, magistral yo‘llar va ko‘chalar transport harakati uchun yopildi.

Ba'zi shaharlarda elektr uzatish liniyalari shikastlangani uchun hamon elektr ta'minoti yo'q.

Argentina va Urugvay ham vayronagarchilikka olib kelgan bo'ron tufayli o'z choralarini kuchaytirishga qaror qilishdi.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya

Aloqador xabarlar