Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Turkiya elchisini qabul qildi

Shahboz Sharif uchrashuv chog'ida Turkiya bilan savdo, sarmoya, oliy ta'lim, turizm va infratuzilma kabi sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.

1996881
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Turkiya elchisini qabul qildi

 

Turkiyaning Islomoboddagi elchisi Mehmet Pachaji Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif tomonidan qabul qilindi.

Bu haqda Pokiston radiosi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Shahboz Sharif Turkiya bilan savdo, sarmoya, oliy ta'lim, turizm va infratuzilma kabi sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan.

U shuningdek, Turkiya va Pokiston o'rtasida mushtarak e'tiqod va o'zaro hurmatga asoslangan uzoq muddatli tarixiy aloqalar mavjudligini, ikki davlat xalqining bir-biriga katta hurmati borligini ta'kidladi.

Turkiyaga tashrifi chog’ida investitsiya kompaniyalari bilan o’tkazgan uchrashuviga to’xtalib o’tgan Sharif, “Hozir Pokistonda xorijiy sarmoya uchun eng yaxshi vaqt va Turk firmalarining bu masalaga bo’lgan chuqur qiziqishini mamnuniyat bilan kutib oldik” dedi. 

Pokiston Bosh vaziri Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Turkiya hukumatiga ko'rsatgan mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Eslatish joizki, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif 3-4 iyun kunlari Turkiyaga tashrif buyurib, Prezident Erdo'g'anning innaguratsiya marosimida ishtirok etgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar