Moskvada 9 may "G‘alaba kuni"ga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazildi

Paradda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

1984548
Moskvada 9 may "G‘alaba kuni"ga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazildi

 

Rossiya poytaxti Moskva shahrida 9 may "G‘alaba kuni"ga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazildi. 

Paradda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

2023 yil 9 maydagi "G‘alaba paradi" so‘nggi yillardagi eng kamtaronasi bo‘ldi. Qizil maydondan o‘tgan yagona tank T-34 edi. Piyoda askarlar faqat 26 ta guruhdan iborat bo‘ldi, bir yil oldin ularning soni 34 ta edi.

Odatda paradda Rossiya yangi texnikalarni, shuningdek, 2010-yillardagi Rossiya harbiy-sanoat kompleksining an’anaviy ishlanmalari to‘plamini –"Armata" oilasiga kiruvchi T-14 tanki va T-15 piyoda jangovar mashinasini, "Koalitsiya" o‘ziyurar texnikasini, "Kurganets" jangovar mashinasini, 8 g‘ildirakli "Bumerang" zirhli mashinasini namoyish etardi. 2015 yildan beri ular eski va yangi texnikalar bilan birga barcha paradlarning asosini tashkil etgan.

Bu yil, paraddan oldin Rossiya matbuoti yangi T-72B3M tanki, yangi "Axmat" va VPK-Ural zirhli avtomobili, shuningdek, allaqachon tanish bo‘lgan T-90M, T-72B3 tanklari, "Yars" yadroviy raketalari, tezkor-taktik "Iskander" va S-400 zenit raketalari namoyish etilishi haqida yozgandi.

Ammo zirhli transport vositalaridan faqat "Bumerang"lar namoyish etildi. "Armata", "Kurganets" va "Koalitsiya"ning yo‘qligi esa hayratda qoldirdi. Natijada, paradning o‘zida yanada kamroq texnikalar namoyish etildi.

Paradda nutq so‘zlagan Vladimir Putin "yana bir bor Rossiyaga qarshi haqiqiy urush ochilgani"ni aytib, o‘zi tomonidan Ukrainada boshlangan urushni Rossiya davlatchiligi kelajagi bilan bog‘ladi. Shu bilan birga, u an’anaviy qadriyatlar, rusofobiya haqida ham gapirdi va «Donbass aholisini himoya qilish»ga va’da berdi.

O‘z navbatida, Ukraina hukumatini Putin «jinoiy rejim» deb atadi, Ukrainani qo‘llayotgan G‘arbni esa mojaro qo‘zg‘ashda aybladi. «Tizginsiz ambitsiyalar, takabburlik va tiyiqsizlik muqarrar ravishda fojialarga aylanadi. Ukraina xalqi hozir boshdan kechirayotgan falokatning sababi aynan shu. U davlat to‘ntarishi va uning asosida shakllangan g‘arb xo‘jayinlarining jinoiy rejimining garoviga aylandi, ularning shafqatsiz, xudbin rejalarini amalga oshirishda savdo vositasi bo‘ldi», – dedi RF prezidenti.

MDH davlatlari rahbarlarining ishtirokini u «ajdodlarimizning jasoratiga minnatdorlik munosabati» deb atadi: «Ular birgalikda kurashdilar va birgalikda g‘alaba qozonishdi – SSSRning barcha xalqlari umumiy G‘alabaga hissa qo‘shishdi».

Putinning chiqishini sobiq SSSR hududidagi yetti davlat rahbarlari tinglashdi – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston.

Avvaliga paradda Putinning yonida faqat Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bo‘lishi kutilayotgandi, ammo so‘nggi lahzalarda Rossiya diplomatiyasi MDHning boshqa mamlakatlari yetakchilarini ham Moskvaga safar qilishga ko‘ndirgani ma’lum bo‘ldi.

Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 78 yilligi bilan tashkillashtirilgan paradda 8 ming atrofida harbiy xizmatchi, jumladan Ukraina hududidagi harbiy harakatlar qatnashchilari hozir bo‘lishdi. Paradda xavfsizlik nuqtayi nazaridan aviatsiya harakatlanmadi, shuningdek Qizil maydondagi harbiy texnikalar ham oldingi yillardagidan ancha kamroq edi, maydondan o‘tgan yagona tank T-34 bo‘ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Moskva

Aloqador xabarlar